O'zbek she'riyatining eng sara namunalaridan bahramand bo'ling! People are sharing some stories and posts about uzbeknavo. Browse uzbeknavo tag and see who shared this hashtag on instagram.
Each test is evaluated by other registered users. Prezentaciya na temu matematika v professii povara 3. Registered user has the following advantages: • Rate tests • basis of a new section for tests • contribution of a private or public tests • add questions for further tests • Save to questions from other tests in the private test • Save your favorite • tests in history • list of tested visitors Test your knowledge and practice The site can test and prepare for the exam such as English, German, mathematics, biology, history, science, and behold it in any difficulty.
Donishmand Tabib Alqissa juda qadim, jaholatli zamonda, Bir donishmand, ulug' hakim, o'tgan ekan jahonda. U kun bu'yi giyoh terib, kezib bog'u biyobon, Odamlarga shifo berib, yashar ekan shodumon. Unga ming bir mushkul dardning, ayon bo'lib shifosi, Odamlarning bora-bora ortaverdi ihlosi. Tabobatga qalban, ruhan, fido qilib o'zini, Ohir bir kun nashtar bilan ochdi ko'rning ko'zini. Rivoj topmish sohib hislat, donishmandga madadkor, Lekin qayda bo'lsa shuhrat, yon boshida hasad bor. Davohonlar, parihonlar, o'quvchilar chilyosin, Hullas yurtda bor nodonlar, boshladilar ig'vosin. 'Bandasiga bermoq doru, yaratganga isyondir Demak tabib ishi makru, o'zi esa shaytondir' Bu so'zlarni chin deb bildi nodon, johil olomon, Donishmandni sazo qildi, kaltakladi beomon.
Cho'g temirda ko'ksin dog'lab, dorga osmoq bo'ldilar, So'ng bo'yniga harsang bog'lab, suvga bosmoq bo'ldilar. So'ng suvni ham, harsangni ham hayf bilib 'shayton' ga, 'Yoqing' - dedi eng bosh hakam,-'Olib chiqib maydonga' Keng maydonga ustun ko'mib, bog'ladilar hakimni. So'ng temirni o'tga qo'yib, dog'ladilar hakimni. Buyurdilar: 'Yoqing shitob, Azroilning oshnasin' Dedi: 'kimga kerak bo'lsa savob, cho'p keltirib tashlasin' 'Savob' uchun kimdir o'tin, kimdir tashlar dona has. Hakim boshin mag'rur tutib, johil elga qaramas. Shu payt tabib sari bir chol, asta kela boshladi, Quchog'ida bir bog' pohol, g'aram uzra tashladi. Dedi: 'Asl tug'ilganda, basir edim men o'zi, Sen duoning kuchi birla ochib qo'yding ko'r ko'zim.
Tangri bilib yaratgan ko'r, davo qilding ne uchun? So'roqda men manglayi sho'r, nima deyman Mahshar kun. Haq yo'lidan ozgan odam, davo qilib ne berding, Meni bir yo'l u dunyom ham, bu dunyomdan ayirding. Ko'rligimda bu dunyoni tasavvurda ko'rardim. Dunyodagi bor odamni mushfiq bilib yurardim. Shafqat ila kim nonu, kim chaqa tashlab ketardi, Men ham shunga to'ygan edim, shu ham menga etardi.
Qornim to'ysa saodatim, yo'q tuman hil tilaklar, Ham ulfatim, hamsuhbatim, jajji shirin go'daklar. O'ylar edim dunyoda bor musaffolik, soddalik, Ko'zim ochib ilk bor ku'rdim, berahmlik, sohtalik. O'g'irligu, fahshni kurib, jim yurarkan odamlar.
O'z do'stiga kulib turib, tig' urarkan odamlar. Bir yonga boq; Ayshu-ishrat.Bir yonga boq: Ohu-voh, Bu kun mening ko'nglimda g'ash, imonimda ishtivoh. Derdim, yurtni bir bor ko'rsam, ko'rdim: ko'nglim to'q endi, Yo'lda yotgan ko'rchalik ham, e'tiborim yo'q endi.
Martina cole the take. Ado bo'ldim, to'yib ketdim, Ado bo'lsam mayliga, Yo qaytadan usha g'arib, gado bo'lsam mayliga. Ko'r bo'lsam ham mayliga. Bu so'zlarni eshitdi-yu, faryod urdi donishmand, 'Yoqing'- deya so'radi u, 'olov bo'lsin sarbaland To'yib ketdim bu dunyodan, hech toqatim qolmadi, Mendan shifo oldi olam, odam shifo olmadi. Jaholatning zahri tekkan nodon, johil, gumrohlar, Davosiga ojiz ekan, men kashf etgan giyohlar. Ko'r ko'zlarga nur bahsh etdi, men kashf etgan giyohlar, Qalb kuzini ochmoqqa lek kamlik qildi hunarim. Odamlarga men yahshilik, qilmoq bo'ldim, netayin?
Manglayda shu ekan bitik, yoqing kuyib ketayin.' O't yoqdilar yondi gulhan, qaro bo'ldi samovot, Jaholatning hukmi bilan ado bo'ldi buyuk zot. Gulhan yondi ko'kka o'ralib, cho'gi har yon sochildi, Shu olovdan elning,ajab, aql ko'zi ochildi. Yigladilar aza tutib, o'kindilar, kuydilar, Yillar o'tib donishmandga oltin haykal qo'ydilar. E, voh, hakim ko'zi bilan ko'rsaydi bu hurmatni, Lekin olim o'zi bilan olib ketdi hikmatni. Qo'y, ey, ko'nglim, sen bu qadar dahshatni kam o'ylagin, Senga nasib bo'lgan davron, sozin chalib kuylagin. Shukronalik, mayni ichib, yayrab qolgin har nafas, Bu dunyodan bir kun kechib, ketguvchi bir biz emas.